17 okt 09:42
Yangiliklar
Suv sporti turlari
Suzuvchi Ilya Sibircev yana O'zbekiston rekordini yangiladi
O'zbekiston terma jamoasi vakili Ilya Sibircev Qozog'istonning Ostona shahrida o'tayotgan qisqa suvdagi Jahon kubogining uchinchi bosqichida mamlakat rekordini yangiladi.
Sibircev 400 metrga erkin usulda suzish bahsida 3:44.07 natija qayd etdi va O'zbekistonning yangi rekordini o'rnatdi.
Avvalgi rekord ham Sibircevga tegishli edi. U Toshkentda o'tkazilgan Jahon kubogi bosqichida ushbu masofani 3:44.36 natija bilan bosib o'tgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar