So’nggi yangiliklar

19:29АФА президенти Скалонининг терма жамоадаги келажаги ҳақида гапирди 0 18:56"Ростерни 100 фоиз йўқ қилади" — Топуриянинг менежери Абдель-Азизни кескин танқид қилди 0 18:18Ислам Махачев қайси стадионда жанг ўтказиш истагида эканини айтди 0 17:44Кормье Царукян ва Оливейра ўртасидаги жанг бекор қилинганини тасдиқлади 0 17:13"Атлетико" Серлотни 40 миллион еврога сотишга тайёр 0 16:37Карлос Пратес: "Кейинги жангда ўша лаънати камарини тортиб оламан" 0 16:03Дюбуа ва Уордли ўртасидаги иккинчи жанг санаси маълум бўлди 0 15:32Махачевнинг мураббийи: "Ислам Йен Гэррини партерга тушириши шарт эмас" 0 14:59"Ливерпуль" Баркола бўйича келишувга эришди 0 14:27Рой Жонс Усик иштирокидаги орзу қилинган жанг ҳақида гапирди 0 13:53Гэтжи Махачев билан жанг учун UFC чемпионлик камаридан воз кечмоқчи 0 13:26Абу-Даби UFC 333 турнирининг асосий жанги деярли маълум + ФОТО 0 13:01Беҳруз Каримов — "Лугано" футболчиси! 0 12:36WBА Мурат Гассиевнинг рақибини эълон қилди. У мағлубиятсиз британиялик! 0 12:05Шара Буллетнинг RAF лигасидаги дебюти ватандошига қарши бўлади + ПОСТЕР 0

25 sen 07:56
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Suzuvchilarimiz Osiyo chempionatini to'rtta medal bilan boshlashdi

Hindistonning Bangalor shahrida suv sport turlari bo'yicha yosh toifadagi guruhlar o'rtasida o'ninchi Osiyo chempionati start oldi.

Etiborlisi, musobaqa terma jamoamiz vakillari uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Ayni paytgacha o'tkazilgan bellashuvlar natijasi bo'yicha vakillarimiz to'rtta medal jamg'arishga muvaffaq bo'ldilar.

Terma jamoamiz etakchilaridan biri Vladislav Mustafin 100 metrga brass usulda suzish bo'yicha kattalar o'rtasidagi bahsda 1:01.41 natija bilan marraga birinchi bo'lib keldi. Xuddi shu masofa va yo'nalishda yoshlar o'rtasida Aleksey Sidorchuk bronza medali bilan taqdirlangan bo'lsa, 50 metrga chalqancha usulda kechgan bahslarda Adil Yusupbaev kumush medalni qo'lga kiritdi.

SHuningdek, erkaklar o'rtasida erkin usulda suzish bo'yicha 4x100 metr estafetasida yigitlarimiz shohsupaning uchinchi pog'onasiga ko'tarilishdi. Parallel ravishda o'tayotgan suv polosi bahslarida ayollar terma jamoamiz dastlabki turda musobaqa mezbonlarini yirik 28:5 hisobida dog'da qoldirdi. 

Takidlash joiz, ushbu musobaqa jamoamiz uchun Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi turnir oldidan o'ziga xos tayyorgarlik vazifasini bajarib beradi. 

Eslatib o'tamiz, ikki yilda bir marotaba o'tkaziladigan ushbu chempionatga 2017 yil Toshkent shahri mezbonlik qilgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing