12 sen 08:39
        Yangiliklar	
	
				
				    Suv sporti turlari			    
				
				
			
				Suzuvchimiz Jahon chempionatining bronza medalini qo'lga kiritdi
Avval xabar berganimizdek, London shahri para suzish bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
			Dunyoning 60 dan ortiq mamlakatidan 600 ga yaqin sportchi ishtirok etayotgan ushbu musobaqada yurtimiz sharafini 7 nafar para suzuvchilarimiz himoya qilmoqda deb xabar beryapti O'zbekiston paralimpiya associaciyasi matbuot xizmati.
Quvonarlisi, ayollar o'rtasidagi 100 metrga chalqancha suzish bahslarida o'zbekistonlik Nigora Mirzohidova bronza medalni qo'lga kiritdi.
Finishga uchinchi bo'lib etib kelgan sportchimiz kelgusi yil Tokioda bo'lib o'tadigan Paralimpiya o'yinlari uchun muhim reyting ochkolariga ega bo'ldi.
Ayollar o'rtasidagi 100 metrga chalqancha suzish (S13)
Jilli Karlotta (Italiya) – 1:06.48
Jia Perjolini (AQSH) – 1:06.82
Nigora Mirzohidova (O'zbekiston) – 1:07.67

            Havola            :         
            
			
Fikrlar