06 fev 08:05
Yangiliklar
Tennis

Svitolina faoliyatidagi beshinchi sovrinni qo'lga kiritdi
Ukrainaning birinchi raketkasi Elina Svitolina Xitoy Taypeyi poytaxti Taybe shahrida yakunlangan Taiwan Open turniri g'olibasiga aylandi.
Bu Svitolinaning mavsumdagi ilk, faoliyatidagi beshinchi sovrin bo'ldi. Elina hal qiluvchi final uchrashuvida xitoylik SHuay Penni 6:3, 6:2 hisobida mag'lub etdi.
Taiwan Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok ukrainalik tennischiga 43 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot jamg'armasi hamda 280 reyting ochkosini taqdim etdi.
Final
Elina Svitolina (Ukraina, 1) – SHuay Pen (Xitoy) – 6:3, 6:2
Havola :
Fikrlar