26 mar 09:18
Yangiliklar
Tennis

Svitolina uchinchi davrada irodali g'alabaga erishdi
AQSHning Mayami shahrida o'tkazilayotgan xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi turnir o'zining qizg'in pallasiga kirib boryapti.
Dunyoning to'rtinchi raketkasi hisoblangan Elina Svitolina uchinchi davra uchrashuvida irodali g'alabaga erishdi. Ukrainalik tennis malikasi avstraliyalik Darya Gavrilovani 2 soatu 6 daqiqa davom etgan bahsda 4:6, 6:0, 6:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Endi Svitolina nimchorak final uchrashuvida yana bir avstraliyalik tennischi Eshli Bartiga qarshi kortga chiqadi. 23 yoshli Elina ikkinchi davrada o'tgan hafta Indian-Uells turnirida shov-shuvli tarzda chempionlikni qo'lga kiritgan yaponiyalik Naomi Osakadan ustun kelgandi.
Havola :
Fikrlar