So’nggi yangiliklar

17:59Тошкент Осиё Паралимпия қўмитаси Бош ассамблеясига мезбонлик қилади 0 17:09Стол тенниси бўйича терма жамоамизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби эълон қилинди 0 16:30Тьерри Анри УЕФА президенти мукофотига сазовор бўлди 0 15:56Акбар Исломбоевнинг жанги co main event мақомида ўтади 0 15:03Мария Тимофеева US Open туфайли Монтеррей турниридаги иштирокини якунлади 0 14:33Нурмагомедов ўз вазнида! UFC Shanghai турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:00УЕФА Инфантинога қарши жиноий иш қўзғатишга тайёрланмоқда 0 13:18Хитой 2027 йилги «Формула-1» мавсумини очиб бериши мумкин 0 12:30Жалгас Жумагулов Ўзбекистонда жанг қилади 0 11:53Волкановски UFC 333 олдидан Евлоевни огоҳлантирди 0 11:01Озарбайжон Президенти "Сабаҳ"га катта миқдорда пул ажратди 0 10:22Бивол ва Смит чемпионлик жанги санаси ҳамда жойини келишиб олди 0 09:43Тарихий олтин медаль: Академик эшкак эшувчиларимиз Шаҳзод Нурматов ва Собир Сафаралиев жаҳон чемпиони! 0 08:26Энтони Жошуага 10 кун муҳлат берилди 0 07:54"Барселона" ўз уйида "Атлетик Бильбао"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди + ВИДЕО 0

06 noy 13:18
Yangiliklar

Tennis

Svitolinani mag'lub etgan o'zbek tennischisi, Avstraliyada finalga chiqqan Jo'rabek. Nima uchun tennischilarimiz yuqori tempda davom eta olmaydilar?

O'smirlik davrida katta g'alabalarga erishib, reytingda yuqori o'rinlarni zabt etgan tennischilarimiz ulg'aygach, o'z salohiyatlarini yo'qotib qo'yayotgandek nazarimda.

Bugun ana shunday tennischilarimizdan ayrimlarini misol tariqasida keltirib o'taman.

Temur Ismoilov - 1995 yilning 14 yanvarida Toshkent shahrida tug'ilgan. Tennis bilan shug'ullanishni olti yoshidan boshlagan. Murabbiyi Valeriy Bezverxov. Yoqtirgan qoplamasi tuproqli kortlar hisoblanadi. ATP reytingidagi eng yaxshi ko'rsatkichi 397-o'rin hisoblanadi. Hozir esa ATPda umuman reytingga ega emas. Temur o'smirlar reytingida 28-o'ringacha ko'tarilgan. O'z vaqtida rossiyalik Andrey Rublev(76)ni bir necha marotaba mag'lub etgan. Borna CHorich(13), Stefan Kozlov(352) kabi mashhur tennis yulduzlari bilan tengma-teng kurash olib borgan tennischimiz so'nggi paytlarda umuman ko'rinmay qoldi. Onda-sonda "Fyuchers" turnirilarida ishtirok etib turadi. SHunda ham uzog'i ikkinchi davragacha etib boradi, bazida esa ilk davradayoq mag'lubiyatga uchraydi.


Humoyun Sultonov -  1998 yil 27 oktyabr kuni Namanganda tug'ilgan. Tennis bilan 8 yoshidan beri shug'ullanib keladi. Murabbiyi Petr Lebed. Yoqtirgan qoplamasi xard kortlaridir. ATP reytingidagi eng yuqori o'rni - 505-pog'ona hisoblanadi. Hozirda 562-o'rinda bormoqda. O'smirlar reytingida 29-o'ringacha ko'tarilgan. 18 yoshgacha bo'lgan tennischilar o'rtasida "Uimbldon"da nimchorak, "US Open"da chorak finalgacha etib borgan. O'sha paytlari hozirda ATP reytingida "TOP 200"da borayotgan Miomir Kechmanovich(162), Aleksey Popirin(34), Korenten Mute(148) va yana ko'plab tennischilarni mag'lub eta olgan.




Sabina SHaripova - 1994 yilning 24 sentyabr kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. 8 yoshdan buyon tennisga oshno. Musobaqalarga otasi Marat SHaripov qo'l ostida tayyorlanib keladi. O'smirlik davrida Katerina Sinyakova(31), Margarita Gasparyan(110), Donna Vekich(34) va hattoki Elina Svitolina(4) kabi mashhur tennischilarni ham mag'lub eta olgan. Qizlar o'rtasida "Katta dubulg'a" musobaqalaridan Avstraliya ochiq chempionati va "Uimbldon" turnirida chorak finalga qadar etib borgan tennischimiz o'smirlar reytingida 12-o'ringacha ko'tarilishga erishgan. Hozirda WTA reytingida 127-o'rinda bormoqda. U kuchli yuzlikka kirishga har doimgidan ham yaqin kelgan.


Denis Istominga o'rinbosar bo'lishi kutilayotgan Jo'rabek Karimov 1998 yil 4 iyun sanasida Toshkent shahrida dunyoga keladi. 5 yoshidan buyon tennis bilan shug'ullanadi. Jo'rabek o'smirlik davrida mag'lubiyatga uchratgan tennischilar hozir ATP reytingida "TOP 50"ga joylashib olishgan. Ularning ro'yxati ham yomon emas: Aleksey Popirin(34), Aleks De Minaur(33), Stefanos Cicipas(16) va boshqalar... Jo'rabek o'smirlar o'rtasidagi Avstraliya ochiq chempionatida bir marta yarim final, yana bir marta esa finalgacha, "Uimbldon"da chorak finalgacha etib borgan. Karimov o'smirlar reytingida 6-o'ringacha ko'tarilgan.

To'g'risi alam qilarkan. Nega endi ukrainalik Elina Svitolina WTAning Yakuniy turnirida bosh sovringa ega chiqar ekanu, bizning Sabina SHaripova "ITF" turnirlarida ikkinchi davradan nariga o'tolmas ekan. Greciyalik Stefanos Cicipas Torontoda bo'lib o'tgan "Masters" finalida Rafael Nadalga qarshi bahs olib borarkanu, bizning Humoyun Sultonov bilan Jo'rabek Karimov esa qandaydir "CHellenjer" turnirlari saralashidan nariga o'tolmas ekan. Temur Ismoilov... Ha mayli...

Hullas, buyog'i jumboqligicha qolmoqda. Navbatdagi maqolamizda buning javoblarini qidirishga urinib ko'ramiz.


Husniddin Mirzaliev

Reyting: +2   

Fikrlar

   
06 noy 22:37:57
Fayozjon Namozov
Сабабни кидириш шарт эмас бу аник тотализаторку. Чунки улар узини сотади.чет элликларга пул биринчи уриндамас
   
06 noy 17:00:52
Hojiakbar
Усмирликдан кейин малакали мураббий ва спонсор топиш керак
   
06 noy 15:31:20
OLAMSPORT
ўсмирликдан кейин сразу кучли мураббий топиб ўша билан ишлаши керак
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing