23 okt 12:08
Yangiliklar
Tennis
Swiss Indoors Basel. Fonini birinchi davradan o'tdi
Xabar berganimizdek, SHveycariyaning Bazel shahrida nufuzli ATP musobaqasi bo'lib o'tmoqda.
Sayyoramizning o'n ikkinchi raqamli tennischisi Fabio Fonini birinchi davrada avstraliyalik Aleksey Popiringa qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 17 daqiqa davom etgan bahsda Fabio raqibini 6:2, 6:4 hisobida mag'lub etishni uddaladi.
Endi italiyalik tennischi ikkinchi davrada Laslo Jere - Filipp Krayinovich bahsi g'olibiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar