09 iyu 13:20
Yangiliklar
Taekvondo

Taekvondo terma jamoamiz aralash jamoaviy juftlikda Jahon kubogi g'olibiga aylandi
Bugun Koreya Respublikasining CHuncheon shahri mezbonlik qilayotgan "Jahon kubogi jamoaviy chempionatlari seriyasi" musobaqasi doirasida aralash juftlik yo'nalishidagi bellashuvlar tashkil etildi.
Unda O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari ham ishtirok etdi. Bahslarda yurtimiz sharafini Islombek Rajabov (68 kg), SHuhrat Salaev (87 kg), Madina Mirabzalova (57 kg) va Diyora Azizova (62 kg) himoya qildi.
Zaynobiddin Nazaraliev shogirdlari dastlabki bosqichda qo'shni Qozog'iston termasini 2:1, yarim final bosqichida mezbon Koreya Respublikasi vakillarini 2:0 hisobida taslim etishdi.
Hal qiluvchi bellashuvda esa yurtdoshlarimiz Marokash terma jamoasini 2:0 hisobida dog'da qoldirib, musobaqa g'olibiga aylanishdi.
Havola :
Manba : t.me/uzbtaekwondowt
Fikrlar