18 noy 11:33
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondo terma jamoamiz Islom birdamligi o'yinlarini umumjamoa hisobida peshqadam sifatida yakunladi!
Kecha Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri mezbonlik qilayotgan Islom birdamligi o'yinlari kompleks musobaqalarida taekvondo WT bo'yicha musobaqalar nihoyasiga etdi.
Unda O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritgan holda umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.
G'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin:
Ozoda Sobirjonova (70 kg)
Diyorbek To'xliboev (67 kg)
Marat Mavlonov (+82 kg).
Kumush:
Najmiddin Qosimxojiev (74 kg)
Svetlana Osipova (+70 kg).
Bronza:
Jahongir Xudoyberdiev (54 kg)
Diyora Azizova (63 kg).
Musobaqaning yakuniy medallar jamg'arish reytingi:

Havola :
Manba : t.me/uzbtaekwondowt
Fikrlar