24 may 16:43
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondo terma jamoamiz Osiyo chempionatini 11 ta medal bilan yakunlashdi
Mo'g'uliston poytaxtida taekvondo WT bo'yicha to'rt kun davom etgan kattalar o'rtasidagi qita birinchiligi o'z nihoyasiga etdi.
Musobaqaning so'nggi kunida vakillarimizdan Madina Mirabzalova (-57 kg), Diyorbek To'xliboev (-68 kg) hamda Jasurbek Jaysunov (-80 kg) shohsupaga ko'tarildi. Taekvondochilarimiz hisobimizga 3 ta kumush medallarni qo'shib qo'yishdi.
SHunday qilib, milliy terma jamoamiz bu safargi Osiyo chempionatini 2 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan yakunlashdi.

Oltin:
Ozoda Sobirjonova (-67 kg)
Svetlana Osipova (+73 kg).
Kumush:
Madina Mirabzalova (-57 kg)
Diyorbek To'xliboev (-68 kg)
Jasurbek Jaysunov (-80 kg)
Yodgorbek Jo'raboev (-87 kg)
Marat Mavlonov (+87 kg).
Bronza:
Jahongir Xudoyberdiev (-54 kg)
Omonjon Otajonov (-58 kg)
Nazarali Nazarov (-63 kg)
Najmiddin Qosimxojiev (-74 kg).
Havola :
Manba : taekwondo.uz
Fikrlar