13 apr 08:14
Yangiliklar
Taekvondo WT bo'yicha Jahon chempionatining ochilish marosimi bo'lib o'tdi FOTOREPORTAJ
Xususan, unda so'z olgan O'zbekiston MOQ raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov ushbu musobaqa Olimpiya shaharchasida tashkil etilgan dastlabki jahon chempionati sifatida tarixda qolishini, yurtimizda taekvondo yildan yilga yoshlarning sevimli sport turlaridan biriga aylanib borayotgani haqida to'xtalib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, bu yilgi dunyo birinchiligida 115 ta mamlakatdan 1000 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda. Tantanali marosimdan so'ng birinchi kunning final blokidan o'rin olgan bellashuvlarga navbat berildi.
Unda +78 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Alisher Pak chempionlik bahsida ishtirok etdi. Biroq u Janubiy Koreya vakiliga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan taqdirlandi.
















Fikrlar