11 apr 09:38
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondo WT bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga bag'ishlangan fleshmob o'tkazildi FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida taekvondo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati hamda ushbu sport targ'ibotiga bag'ishlangan fleshmob o'tkazildi.
Unda yurtimizning ko'plab hududlarida taekvondo bilan shug'ullanayotgan yoshlar, ko'rgazmali chiqishlari bilan mashhur bo'lgan janubiy koreyalik sportchilar ishtirok etib, qatnashchilarda unutilmas taassurot qoldirishdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar taekvondoning chiroyi va jozibasini namoyon etuvchi turli texnika va kombinaciyalarni ijro etib, o'z mahoratini ko'rsatishdi. Yorqin chiqishlar sport muxlislarda katta qiziqish uyg'otib, musobaqa oldidan yuqori kayfiyat bag'ishladi.
Fleshmob doirasida 2025 yil faoliyati bilan ajralib turgan hududiy bo'limlar taqdirlandi. Rasmiylar tadbirda qatnashgan yosh sportchilarga esdalik sovg'alarini ulashdi.

















Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar