05 okt 07:43
Yangiliklar
Taekvondo

Taekvondochilarimizning JCHdagi medallari 2 taga etdi
Koreya Respublikasining CHuncheon shahrida taekvondo WT bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda.
Ayni daqiqalarda jahon chempionatining beshinchi kungi bellashuvlari bo'lib o'tmoqda. 78 kg vazndagi taekvondochimiz Muhiddin Yaxshiboev 1/16 finalda kuvaytlik Kunal Kumavatni 2:0 (10:1, 14:2) hisobida taslim etdi. 73 kg vazndagi vakilimiz Ahadjon Muxtorov 1/32 final neytral bayroq ostida dayanga chiqqan Vladislav Xrebendan 2:0 (7:2, 4:2) hisobida ustun keldi.
Afsuski, SHahrizoda Ahmedova (68 kg) 1/16 finalda mezbon sportchi Lim E Rimga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ayni paytda musobaqadagi medallarimiz soni 2 tani tashkil etmoqda: 1 ta oltin va 1 ta bronza.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar