04 okt 16:32
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondochimiz jahon chempionati medalini qo'lga kiritdi
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Koreya Respublikasining CHuncheon shahrida o'tkazilayotgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida ikkinchi medaliga ega chiqdi.
Bu safar 48 kg vazn toifasidagi taekvondochi Behruz Salimov terma jamoa hisobiga bronza medalini taqdim etdi. Sportchi biroz oldin yakunlangan yarim final bellashuvida ispaniyalik Yairo Agenyo Trigosga imkoniyatni boy berdi.
Musobaqaning to'rtinchi kuni yakuniga ko'ra, medallarimiz soni 2 tani tashkil etmoqda: 1 ta oltin va 1 ta bronza.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar