So’nggi yangiliklar

11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0

03 fev 15:30
Yangiliklar

Boks/MMA, Kurash, Dzyudo, Taekvondo, Paralimpiya

Tahlil va talqin. Mashaqqatlar mevasi

Teglar :  Toshkent viloyati
Yoshlarning jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan ishtiyoqini uyg'otishda, katta sport sari dadil borishida va albatta xalqaro musobaqalarda mamlakat nomidan ishtirok etib, g'alabaga erishishida sport maktablarining o'rni beqiyos.

Xususan, ko'p yillardan buyon sport turlari bo'yicha terma jamoalarimizga munosib nomzodlarni etishtirib berayotgan, chempionlarni tayyorlayotgan Toshkent viloyati Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida ham xuddi shunday. Yani, ommaviylik, rivojlantirish, terma jamoalarga munosib sportchi etkazish, sportchilarini xalqaro musobaqalarda kuchlilar qatorida bo'lishi. 

Bugun mazkur Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida boks, velosport (shosse), velosport (mtb), dzyudo, og'ir atletika, taekvondo WT, karate WKF, erkin kurash, yunon-rum kurashi, o'q otish, kurash, belbog'li kurash, qo'l jangi, shotokan karate-do, paravelosport, parapauerlifting sport turlari bo'yicha 755 nafar o'g'il bolalar va qizlar 87 nafar malakali murabbiylar qo'l ostida muntazam mashg'ulotlarga qatnaydi. 

Mashg'ulotlarga zo'r berayotgan sport maktabi yoshlari mamlakat va xalqaro musobaqalardagi natijalari etirofga sazovor. Agar natijadorlikka etibor qaratadigan bo'lsak, sport maktabining yildan yilga o'sish kuzatilayotganiga guvoh bo'lish mumkin. Keling, shu o'rinda ushbu ixtisoslashtirilgan sport maktabi sportchilari tomonidan ortda qolgan 2023 yildagi yutuqlariga nazar solamiz.

Hozirda sport maktabining 90 nafarga yaqin shug'ullanuvchilari sport turlari bo'yicha O'zbekiston terma jamoalarining asosiy va zahira tarkibidan o'rin egallagan. O'tgan yil yakuni bo'yicha O'zbekiston chempionatlari va kubok bellashuvlarida 207 nafar, Osiyo chempionati va kubogida 27 nafar hamda jahon chempionati va kubogida 3 nafar sportchi g'olib va sovrindorlar qatoridan o'rin egallashga muvaffaq bo'lishdi.

Jumladan, taekvondo WT bo'yicha bo'lib o'tgan jahon chempionatida Svetlana Osipova kumush, Feruza Sadiqova bronza medallariga ega chiqqan bo'lsa, Toshkent shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasida o'tkazilgan jahon chempionatida Oybek Jo'raev kumush medalga ega bo'ldi. 2023 yili Xanchjou (Xitoy) shahrida bo'lib o'tgan XIX Yozgi Osiyo va IV Paraosiyo o'yinlarida sport maktabi sportchilari ham terma jamoamiz tarkibida ishtirok etib, munosib natijalarni qo'lga kiritishdi.

Demak, kurash bo'yicha Artyom SHturbabin oltin medal, o'q otishdan Javohir Sohibov kumush, taekvondo WT bo'yicha Feruza Sodiqova kumush, taekvondo WT bo'yicha CHaros Qayumova, Svetlana Osipova bronza hamda boks bo'yicha To'rabek Xabibullaev bronza medaliga sazovor bo'lishdi. 

SHuningdek, Osiyo chempionati va kubogi musobaqalarida Abdulla Rajabov, Muhammadqodir Mamirjonov, SHavkat Boltaev, Aselya Tulyagenova (boks), Odinaxon Hamdamova, Mirjalol Qurbonov (paravelosport), Pokiza Kamoliddinova, Artyom SHturbabin (kurash), Ixtiyor Botirov (yunon-rum kurashi), Jamila Panfilova (og'ir atletika) g'olib va sovrindorlar qatoridan o'rin egallashdi.

Bundan tashqari Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 3 nafar sportchi-o'quvchilaridan Javohir  Sohibov  (o'q otish), Mirzakamron Yunusov (boks) va SHohrux Saidovlar (boks) O'zbekiston chempionati va kubogi hamda xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishgani bois, oliy talim muassasalariga imtiyozli kirish yo'llanmasiga ega bo'lishgan.

Toshkent viloyati sport boshqarmasiga qarashli Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi tomonidan hozirgi kunga qadar 7 nafar “Halqaro toifadagi O'zbekiston sport ustasi” va 21 nafar “O'zbekiston Sport ustasi” unvonli sportchilar tayyorlangan.

Har bir sport-talim muassasasi sportchisining orzusi olimpiya o'yinlarida ishtirok etish sanaladi. Bu borada ham sport maktabi direktori Doniyor Rixsiboev boshchiligidagi jamoa astoydil ish olib borishmoqda. Ayni paytda Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga licenziya olish uchun sport-talim muassasaning 10 nafar sportchilari kurash olib borishmoqda.

Quvonarlisi, hozircha taekvondo WT sport turidan Svetlana Osipova, para taekvondochi Asadbek Toshtemirovlar navbatdagi olimpiya o'yinlariga yo'llanmani naqd qilishgan. Xullas, bu ko'rsatgich va natijalar birgina 2023 yilda jonkuyar va tajribali murabbiylarning shogirdlari tomonidan erishilgan.

2024 yilda esa natijalar salmog'i bundanda yuqori bo'lishi bor gap. Darvoqe, natijadorlik yuqori bo'lgani va olimpiya o'yinlariga yo'llanmalar qo'lga kiritilayotgani sabab, ortda qolgan yil sarhisobida ushbu Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi Toshkent viloyati sport boshqarmasi tomonidan eng yaxshi sport maktablari qatorida  etirof etildi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing