So’nggi yangiliklar

18:23Жон Жонс қайтишига ишора қилди 0 18:02Жота ва гуллар 0 17:41Яхши янгилик: "Tashkent Select" жамоаси янги мавсумда ҳам Қозоғистон чемпионатида иштирок этади 0 17:20Бенавидес ва Ярд WBC камари учун жанг қилади 0 16:59Топурия Хамзат Чимаев ҳақида: "У одам — ёввойи!" 0 16:38Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди 0 16:17Арман Царукян: "Пимблетт Топ-5 даражасидаги жангчи эмас. У фақат қарияларни юта олади" 0 15:56Илия Топурия: "Ҳаммаси менга боғлиқ бўлганида, 13 июль куниёқ Махачев билан жанг қилардим" 0 15:35Ўзбек боксчилари океан ортида машғулотларни давом эттиришяпти (ФОТО) 0 15:14Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди 0 14:53Холмурод Нурматов кейинги жангини ACA Лигасида ўтказади 0 14:32UFC кузда Бразилияда турнир ўтказиши мумкин 0 14:11Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги нуфузли мусобақадаги иштирокларини бошлашди 0 13:50"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради 0 13:29Жаҳон кубоги. Бугун тўрт боксчимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0

31 jan 23:37
Yangiliklar

Futbol

Tahlil va taqqos: natijalar yangi yutuqlar sari chorlaydi

Teglar :  O'zDJTSUFutbol
O'zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan davlat darajasidagi katta etibor samarasi bugun yoshlarimiz erishayotgan olamshumul yutuqlarda ko'zga tashlanmoqda.

Bu borada jamoaviy sport turlarini, xususan millionlar o'yini – futbolni rivojlantirishga ham alohida etibor qaratilayotgani tahsinga sazovor. 

Ochiq aytish kerak, uzoq yillar mamlakatimizda yuqori iqtidorga ega bo'lgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish tizimi va futbol infratuzilmasini yanada rivojlantirish, futbol bo'yicha sport maktablari faoliyatini yangi bosqichga ko'tarish, soha mutaxassislarini tayyorlash va ularni moddiy rag'batlantirish tizimini yaxshilash, o'tkazilayotgan musobaqalar saviyasini yuksaltirish kabi masalalar dolzarb vazifalardan biri bo'lib keldi.

Bu masalaga Prezidentimizning 2019 yil 4 dekabrdagi “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 5887-sonli farmoni bilan aniq echimlar ko'rsatildi va bir qator muhim vazifalar qo'yildi.

O'tgan davrda bu vazifalarni o'z vaqtida va sifatli bajarish maqsadida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Futbol fakulteti faoliyatida ham bir qator sifat o'zgarishlari amalga oshirildi. 

Bunda asosiy maqsad iqtidorli talabalar – yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish va ularni professional sportchi sifatida tayyorlash tizimini yo'lga qo'yish, xalqaro talab va standartlar asosida mutaxassislar tayyorlash, o'smirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari o'rtasida turli musobaqalar o'tkazishga qaratildi.

Fakultetimiz misolida gapiradigan bo'lsak, bugungi kunda mohir futbolchi bo'lish istagida o'qishga kirgan talabalarga 60 dan ziyod professor-o'qituvchi saboq berib kelmoqda. Ular orasida fan doktorlari, fan nomzodlari, docentlar borligi nazariy va amaliy mashg'ulotlarni uyg'unlashtirib o'tishga imkon yaratadi.

O'tgan yili fakultetimizda bir qator yutuqlarni qo'lga kiritdik. Masalan, 2022 yilda fakultetimizda mini-futbol yo'nalishi ochildi. Bu erda biz futbolchilar, murabbiylar va hakamlar tayyorlaymiz.

2022 yilda O'zbekiston futbol associaciyasi bilan memorandum imzoladik. Unga muvofiq o'tgan yili 45 nafar bitiruvchi talabamiz diplom bilan birgalikda murabbiylik faoliyati bilan shug'ullanishga ruxsat beradigan “S” licenziya  ham oldi. Avvallari bitiruvchilarimiz faqat diplom olar, sport maktablariga borganida esa, mana shu licenziya talab qilinar, ular yana kurslarda o'qib uni olishga majbur bo'lar edi.

Turkiya, Bolgariya davlatlarida turdosh oliy talim muassasalari bilan memorandum imzolandik. Unga ko'ra, endilikda bizning professor-o'qituvchilarimiz va talabalarimiz bu davlatlardagi universitetlarda malaka oshirish imkoniga ega bo'lmoqda.

Talabalar mahoratini oshirish maqsadida nomdor futbolchilar, murabbiylar bilan uchrashuvlar tashkil etish ham yaxshi ananaga aylanib bormoqda. Jumladan, o'tgan yili Moskva shahridagi “Devyatka” futbol klubi murabbiyi A.Tarasov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Uchrashuvda xorijlik mutaxassis futbol sport turining boshqa sport turlaridan farqli jihatlari, unda tinimsiz mehnat natijasida yuqori natijalarga erishish mumkinligi, hakamlar o'z bilimlarini doimo oshirib borishi zarurligi va eng muhimi taktikalarni to'g'ri yo'naltira bilan kerakligi kabi masalalar yuzasidan o'rtoqlashildi.

Sifatli talim berish uchun hamma sharoit etarli. Barcha o'quv va sport inventerlari bilan taminlanganmiz, mashg'ulot maydonchalari zamonaviy tamirlangan. Yozgi va qishqi futbol maydonchalarimiz bor. Mashg'ulotlar yil davomida to'xtamaydi.

Biz universitet miqyosida professor-o'qituvchilar o'rtasida mini-futbol bo'yicha turnir o'tkazishni ham yo'lga qo'yganmiz. Bu ham jamoamiz o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilishning eng samarali yo'li sifatida barchaga manzur bo'lmoqda.

Prezidentimizning 2022 yil 3 noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 414-sonli qarori bilan futbolda ham yangi rivojlanish bosqichi boshlandi.

Mazkur qaror asosida iqtidorli talabalarni terma jamoalarga jalb qilish bo'yicha harakatlar samarali davom etmoqda. Bu bo'yicha O'zbekiston futbol associaciyasi bilan hamkorlik davom etyapti. SHuningdek, Hakamlik korpusi bilan ishlayapmiz. Ularning mutaxassislari fakultetimizga kelib, talabalarga amaliy mashg'ulotlar o'tib berishiga kelishib oldik.

Qaror ijrosi doirasida endilikda iqtidorli bitiruvchilarning bitiruv oldi amaliyoti davrida milliy terma jamoalarning xorijda o'tkaziladigan o'quv-yig'in mashg'ulotlari hamda xalqaro musobaqalar jarayoniga jalb etish ishlari boshlanmoqda.

O'zbekiston futbol associaciyasi bilan kelishuvmizga binoan iqtidorli futbolchi-talablarimizni terma jamoaga jalb etish ishlari jadal yo'lga qo'yish rejamizda bor. SHuningdek, associaciyaning Tahlil bo'limiga kirish masalasida ham jiddiy ishlar boshlangan. Bizda 19 ta turli terma jamoa bor. Ular ichida erkaklar va ayollar terma jamoalari, yoshlar o'rtasidagi mini-futbol terma jamoalari bor. Biz ular bilan fikrlashib, turli tahliliy g'oya va tashabbuslarimizni ilgari suryapmiz. SHuningdek, terma jamolarning o'yinlarini talabalarimiz bilan tahlil qilib boramiz.

Yana bir yangilik futbol associaciyasining hakamlik korpusi bilan ham hamkorlikda ishlayapmiz. 

Talabalarning o'zlashtirgan bilimi, malaka va ko'nikmalarini amaliyotda qo'llash darajasidan kelib chiqib, iqtidorli bitiruvchilarga sport bo'yicha hakam hamda ikkinchi toifali murabbiy malaka toifasini belgilovchi guvohnoma beriladi.

Bir so'z bilan aytganda, bugun sport bilan shug'ullanaman, kelajakda vatanimiz dovrug'ini sport orqali dunyoga yanada tanitaman, degan yoshlar uchun barcha sharoitlar muhayyo. 

Joriy yilda ham katta-katta maqsadlar bilan turibmiz. Nasib etsa, talabalarimiz O'zbekiston milliy terma jamoasi saflarida ko'p o'yinlarda qatnashadi. SHu tariqa, xalqimiz orzu qilib kelayotgan chempionlik sari tarixiy yo'l ochadi. 

D. ISMAGILOV, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Futbol fakulteti dekani, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing