20 sen 22:05
Yangiliklar
Futbol

Tailand - KXDR 1:4 yoxud O'zbekiston chorak finalda!
Hindistonning Goa shtatida futbol bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Jumladan, terma jamoamiz joylashgan guruhda Tailand - KXDR uchrashuvi o'tkazildi. Ushbu o'yinda KXDR 4:1 hisobida zafar quchdi. SHu tariqa, bu guruhdan KXDR va O'zbekiston o'smirlar terma jamoalari 6 ochkodan to'plab, muddatdan avval chorak finalga yo'l olishdi.
So'nggi turda bu ikki jamoa o'zaro o'yinda birinchi o'rin egasini hal qilib olishadi. Bu uchrashuv 23 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:30da boshlanadi. Yaman va Tailand esa guruhda qolib ketishdi.
TAILAND – KXDR 1:4
Gollar: Xassavat 69 – Kye Tam 41 penalti, 63, 67, Ri Kang Guk 79
Havola :
Fikrlar