So’nggi yangiliklar

12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0

01 okt 11:08
Yangiliklar

Tadbirlar

Talaba-sportchilar yugurish musobaqasida ustozlar bayramini nishonlashdi FOTOREPORTAJ

Teglar :  O'zDJTSU
Aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib etishda, mahoratli sportchilarni tayyorlashda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining o'rni beqiyos.

Aynan ommaviy sport targ'ibotchilarini, professional sport murabbiy va mutaxassislarini tayyorlaydigan tayanch oliy o'quv yurti hisoblangan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 1-oktabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni»ga bag'ishlab ilk bor turli yosh toifasida kross yugurish musobaqasi tashkil etildi.

Bayramona tarzda uyushtirilgan yugurish musobaqalari erta tongdan barchani sog'lom turmush tarziga oshno etdi.

300 nafarga yaqin professor-o'qituvchilar, oliygohning hamkor xorijiy universitet vakillari, ishchi xodimlar, sport turlari bo'yicha terma jamoa azolari, 1500 dan ziyod universitet hamda CHirchiq shahridagi bir qator oliy talim muassasasi talabalari va mahalla yoshlarini qamrab olgan yugurish musobaqalarining turli yo'nalishlarida SHerullo Lutfullaev, Farhod Kucharov, Sunnatilla Otamurodov, Javlon Ishtaev, SHohjahon Qilichev, Natalya Asanova Farida To'lqinboeva, Sabina SHirieva singari olovqalb yoshlar qatori Iqrorjon Soliev, Surat Usmonxo'jaev, Javlon Ishtaev, Umar To'raqulov, Alyona Tumyan, Zulfiya Agzamovadek o'qituvchi olimlar g'olib va sovrindorlar qatoridan joy egalladi.

Yugurish musobaqalarida talaba sportchilar, mahalla yoshlari bilan birga boks, triatlon, engil atletika, dzyudo kabi bir qator sport turlari bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari, jahon va qita chempionlari, faxriy sportchilar, tajribali murabbiylar ishtirok etdi.

Tadbirda takidlanganidek, ommaviy sportni rivojlantirmay turib xalqaro sport maydonlarida yuksak natijalarga erishib bo'lmaydi. SHu manoda, bo'lg'usi sport mutaxassislari eng avvalo ommaviy sport bilan, yugurish bilan shug'ullanishi, boshqalarda ham sog'lom turmush tarziga mehr uyg'otmog'i kerakki, bu, yoshlar barkamolligini, aholi genofondini sog'lomlashtirishga qo'shilgan munosib hissa hisoblanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing