18 sen 15:10
Yangiliklar
Xokkey
![](/upload/storage/134851_220.jpg)
"Tampa" uchinchi bor Stenli Kubogi finaliga chiqdi
"Tampa Bey" klubi xokkey bo'yicha nufuzli hisoblangan Stenli Kubogining finaliga yo'l oldi.
"Layting" xokkeychilari SHarqiy Konferenciyaning final oltinchi uchrashuvida "Aylenders" jamoasini overtaymda 2:1 hisobida mag'lub etishdi. Bu bilan finaldagi umumiy hisob 4-2 ko'rinishiga keldi.
SHu tariqa, "Tamba Bey Laytning" klubi o'z tarixida uchinchi marotaba Stenli Kubogi finalida o'ynaydi. 2004 yilda jamoa "Kalgari"ni mag'lub (final seriyasidagi hisob 4-3) etib, Stenli Kubogini qo'lga kiritgan edi. 2015 yilda esa "Tampa" "CHikago"ga yutqazib (2-4) qo'ygandi.
Havola :
Fikrlar