So’nggi yangiliklar

23:59"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров муваффақиятли серияни давом эттирмоқда 0 18:44"Барселона" ярим ҳимоячисини йўқотди 0 18:23Допинг туфайли ғалабасидан айрилган ва камига четлатилган қозоғистонлик UFC жангчиси баёнот билан чиқди 0 18:02Шоҳасан Мирзаматов мухлисларга мурожаат билан чиқди (ВИДЕО) 0 17:41Отабек Умаров: "Марафонда қатнашган ва уни юқори савияда ташкил этганларга раҳмат" 0 17:20Роналдиньо: "Ямал ақл бовар қилмайдиган ишларни бажаряпти” 0 16:59Осиё чемпионати. Боксчи-йигитларимиз Марказий Осиё дербиларида ғалаба қозонишди 0 16:38Бокс бўйича Ўзбекистон чемпиони Қозоғистон терма жамоаси сафида дебют қилди 0 16:17Рустам Ассакалов Осиёда 2025 йилнинг энг яхши юнон-рум кураши мураббийи деб топилди 0 15:56ПСЖ Мартинелли учун курашга қўшилди 0 15:35Марказий жанги Двалишвили - Сехудо бўлган RAF 8 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 15:14Шаҳрам Ғиёсов - Жек Кеттерол чемпионлик жанги учун расмий постер тақдим этилди + ФОТО 0 14:53Хабиб "Атлетико" - "Барселона" ўйинига ташриф буюрди ва мадридликлардан совға олди + ФОТО 0 14:32Суперлига 6-турида ишлайдиган ҳакамлар эълон қилинди. "Нефтчи" - "Пахтакор" ўйинини ким бошқаради? 0 14:11Қизиқ! Дерек Чисора аниқ зарбалар сони бўйича Деонтей Уайлдерни ортда қолдирди 0

10 noy 09:49
Yangiliklar

Futbol

Taqdirlash jarayoni O'zbekiston Kubogi finalidan ham yaxshiroq ko'ringan "CHarm to'p-2020" turniridan FOTOREPORTAJ

Teglar :  CHarm to'p O'FA
O'zbekiston futbol associaciyasi, Jismoniy tarbiya va sport hamda Respublikasi mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirliklari hamkorligida mahalla yoshlari o'rtasida o'tkazilgan CHarm to'p-2020 futbol musobaqasi nihoyasiga etdi.

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa yoshlar orasida jismoniy madaniyatni yuksaltirish va shu orqali yurtdoshlarimizning salomatlik darajalarini oshirishga jiddiy etibor qaratilayotganligi bor gap. 

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi yo'nalishi bevosita jismoniy tarbiya va sportga yo'naltirilganligi ham fikrimizni tasdiqlaydi.

Qolaversa, yaqinda imzolangan «Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Prezident farmoni ijrosini taminlashda ham mahalla yoshlari o'rtasida tashkil etilayotgan turli tadbirlar, jumladan, «CHarm to'p-2020» futbol musobaqasi muhim o'rin tutadi.

Keksa va o'rta avlod vakillari o'tgan asrning 70-80 yillarida «CHarm to'p» musobaqasi hamyurtlarimizdan Vladimir Fyodorov, Mixail An, Olim Ashiriov, SHuhrat Eshbo'taev, Sirojiddin Bozorov, Furqat Esonboeev, Bahodir Rahmonov, XXII Osiyo o'yinlari g'olibi Ulug'bek Ro'zimov, o'z davrida sobiq Ittifoq o'smirlar terma jamoasining azosi bo'lgan, endilikda «Bunyodkor» yoshlar jamoasiga ustozlik qilayotgan Yorqin Nazarov singari mohir futbolchilarni kashf etib berganligini yaxshi bilishadi. 

Sobiq Ittifoq miqyosidagi yulduzlar Fyodor CHerenkov, Oleg Bloxin, Xoren Oganesyan, Igor Kolivanov, Sergey Rodionov, Oleg Romansev, Andrey SHevchenko, Valeriy Karpinlar ham aynan «CHarm to'p» («Kojanniy myach») musobaqasi orqali katta maydonga kirib kelishganligi hali unutilganicha yo'q.

15-16 yoshlilar o'rtasida ilk bor tashkil etilgan musobaqa to'rt bosqichdan iborat bo'ldi. Mahallada boshlangan turnir tuman, so'ng viloyat markazlarida davom ettirildi. 

Viloyat g'oliblari esa Respublika bosqichiga yo'llanma oldi. Raqamlarga murojaat etadigan bo'lsak, ushbu turnirda 5416ta mahalladan jami 158 322 nafar o'smir va yoshlar ishtirok etishdi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida g'oliblikni qo'lga kiritgan 14 ta jamoa 6-9 noyabr kunlari poytaxtda, to'rt guruhga bo'lingan holda o'zaro bahs olib bordi va guruhlarda qayd etilgan natijalar quyidagicha ko'rinish oldi:

«A» guruhi: 1-o'rin. «Xamzaobod» (Andijon), 2.”Furqat” (Namangan), 3.”Parvona” (Toshkent sh.), 4. «Gulg'uncha» (Xorazm).

«V» guruhi: 1.«Yozyovon» (Farg'ona), «2.Gulshan» (Buxoro), 3.”Bo'ston” (Surxondaryo), 4.”Istiqlol” (Navoiy).

«S» guruhi: 1.«Afg'onbog'» (Qashqadaryo), 2.”Xamzaobod” (Toshkent v.), 3.”Oq yo'l” (Sirdaryo).

“D” guruhi: 1.«Olimlar» (Jizzax), 2.«Temiryo'l» (Qoraqalpog'iston), 3.”Minglar” (Samarqand).

Guruhlarda g'olib chiqqan jamoalar yarim finalda kuch sinashishdi. Unda andijonliklar qashqadaryolik, jizzaxliklar esa farg'onalik tengdoshlarini mag'lub etishdi. 

«Afg'onbog'» va «Yozyovon» jamoalari o'rtasida kechgan 3-o'rin uchun bahsning asosiy vaqtida g'olib nomi aniqlanmadi. Penaltilar ceriyasi esa farg'onaliklarga omad kulib boqdi.

Poytaxtimizdagi muhtasham «Milliy» stadionda, tantanali ravishda tashkil etilgan, Akobir SHukurillaev boshchiligidagi professional hakamlar boshqargan final uchrashuvida Andijon viloyatining Jalolquduq tumanidagi Xamzaobod mahallasi yoshlari Jizzaxning G'allaorol tumanidagi «Olimlar» jamoasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. 

Andijonliklar tarkibidagi Axrorbek Xoshimjonov avvaliga penaltidan gol urib, muhim uchrashuvdagi dastlabki hisobni ochib bergandi. 

O'yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolganda esa uning o'zi ajoyib tarzda raqib darvozasini nishonga olib, hisobni oshirdi. SHu tariqa andijonliklar «CHarm to'p-2020» musobaqasining chempioniga aylanishdi.

G'olib va sovrindorlar, musobaqaning barcha ishtirokchi murabbiy va futbolchilari, turnirni yuqori saviyada o'tkazishga hissa qo'shgan bir qator tashkilotlar, ommaviy axborot vositalarida keng yoritgan jurnalistlar (ular qatorida saytimiz foto muxbiri Alimurod Mamadaminov ham bor) tashkilotchilarning qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Sovrin va mukofotlar o'z yo'liga, eng muhimi, unda ishtirok etgan chekka qishloqlarimizning chayir, chaqqon va mehnatsevar yoshlarimiz poytaxtning shinam mehmonxonalarda yashab, zamonaviy maydonlarda to'p surganligiyu, shaharning diqqatga sazovor maskanlariga uyushtirgan sayohatlaridan olam-olam taassurot olganliklari, eng muhimi - poytaxtning muhtasham «Milliy» stadionida futbol o'ynab, hakamlik bo'yicha dunyo rekordchisi, Osiyo va O'zbekistonning bir necha marotaba eng yaxshi hakami, endilikda mamlakatmiz sport vazirligi hamda futbol associaciyasining rahbarlarida biri Ravshan Ermatov qo'lidan mukofotlar qabul qilib olgan daqiqalarni hali ko'p yillar eslab yursalar, ne ajab.

Matn uza.uz. Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing