So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

07 avg 12:45
Yangiliklar

Tennis, Stol tennisi, Tokio-2020

Taqvim. Sportchilarimizning bugungi ishtirokiga doir

Bugun Rio-2016 Olimpiadasining ikkinchi kungi bahslarida ham bir necha nafar sportchilarimiz o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishadi.

Asosiy etiborimiz dzyudo bahslariga qaratalishi tayin. Boisi, aynan dzyudo musobaqasida medallar jamlanmasi o'ynaladi. 66 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Rishod Sobirov o'zining uchinchi Olimpiada medali sari yurishini boshlaydi.

Toshkent vaqti bilan soat 18:00dan etiboran kunduzgi dasturdan o'rin olgan saralash bahslari boshlanadi. Aynan shu vaqtda Rishod Sobirov belaruslik Dmitriy SHershanga qarshi tatamiga chiqadi.

SHuningdek, bugun 69 kg vazn toifasidagi bokschimiz SHahram G'iyosov ham ilk jangida ringga ko'tariladi. Bu SHahram uchun Olimpiadadagi debyut jang bo'ladi. Buxoro boks maktabi tarbiyalanuvchisi Toshkent vaqti bilan soat 01:45da ispaniyalik Youba Ndyae Sissokoga qarshi ringga chiqadi.

Rio-2016 o'yinlarining stol tennisi musobaqasida ishtirok etayotgan yagona hamyurtimiz Zohid Kenjaev bugun ikkinchi uchrashuvini o'tkazadi. Bizning vaqt bilan soat 18:00da u Liam Pichfordga qarshi bahslarga kirishadi. Kecha Kenjaev chexiyalik Lyubomir Yankarikni 4:2 (8:11, 11:2, 13:11, 11:6, 8:11, 11:9) hisobida mag'lub etgandi.

O'zining tarixiy ettinchi Olimpiadasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Oksana CHusovitina ham aynan bugun bahslarga kirishadi. Olimpiada tarixiga kirgan 41 yoshli vakilamiz sport gimnastikasining tayanib sakrash musobaqasining saralash bahslarida qatnashadi.


Akademik eshkak eshish musobaqasida SHahboz Xolmirzaev o'tish turnirida yana bir bor o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi. Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin esa Toshkent vaqtida bilan soat 19:00da ispaniyalik David Ferrerga qarshi kortga chiqadi.



Reyting: +1   

Fikrlar

   
07 avg 16:34:57
Oq boʻrilar
Sportchilarimizga kattadan-katta OMAD. OLGʻA OʻZBEKISTONIM!!!
   
07 avg 16:32:35
Oq boʻrilar
Rahmat OS! Ilohim charchamanglar! Shunaqangi malumotlarni berib boringizlar. Ishlaringizga OMAD.
   
07 avg 16:31:41
Oq boʻrilar
Rahmat OS! Ilohim charchamanglar! Shunaqangi malumotlarni berib boringizlar. Ishlaringizga OMAD.
   
07 avg 14:58:18
EAbdumalik
Спортчиларимизга омад...!!!!
   
07 avg 14:39:27
Ilhomdo_2000
Sportchilarimizga omad!
   
07 avg 13:23:27
Barca N1
Спортчиларимизга омад бугун Худо хохласа олтин оламиз
   
07 avg 13:21:14
Husniddin Mirzaliyev
Istominga omad!!!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing