07 okt 08:53
        Yangiliklar	
	
				
				    Suv sporti turlari			    
				
				
			
				Tarixda ilk bor suzuvchimiz Jahon kubogida sovrindor bo'ldi
Vengriya poytaxtida suzish bo'yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqich bellashuvlari davom etmoqda.
			Quvonarlisi, musobaqada suzuvchimiz Jahon kuboklari tarixida ilk bor sovrindor bo'ldi.
Bunday tarixiy natijaga Vladislav Mustafin mualliflik qildi. Brass usulida suzishga ixtisoslashgan vakilimiz 50 metr masofaga kechgan bahsda bronza medaliga sazovor bo'ldi. Batafsil:
Suzish bo'yicha Jahon kubogi. Vengriya
50 metr, brass. Erkaklar
1. Arno Kamminga (Gollandiya) – 27.13
2. Saba Siladi (FINA) – 27.41
3. Vladislav Mustafin (O'zbekiston) – 27.46

            Havola            :         
                    Manba                : olympic.uz
            
			
Fikrlar