So’nggi yangiliklar

13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0 12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0 11:33Ўзбек спортчиси Жон Жонс ва Илия Топурия билан бир жамоада: "Бардак" АҚШдаги менежерлик компанияси билан келишувга эришди 0 11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 09:45Уиттакер Гусковнинг зарба кучини юқори баҳолади 0 08:52Ирода Тўлаганова Республика олимпия захиралари теннис мактабига директор этиб тайинланди 0 19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0

23 dek 14:45
Yangiliklar

SHaxmat

"Tashkent Chess 2024" bosh sovrini va 100 000 000 Hindistonga ketdi

Poytaxtimizda yana bir nufuzli shaxmat musobaqasi yakuniga etdi.

Mukofot jamg'armasi 300 million so'mni tashkil etgan "Tashkent Chess 2024" turnirida yurtimiz shaxmatchilari bilan bir qator dunyoning 15 davlatidan kelgan jami 400 nafarga yaqin ishtirokchi bosh sovrin uchun bahs olib borishdi. 

To'qqiz tur yakunlariga hindistonlik grossmeyster Adhiban Baskaran 7,5 ochko bilan musobaqa g'olibi hamda 100 million so'm miqdorida pul mukofoti sohibiga aylandi. Sobiq hamyurtimiz Timur Gareev 7 ochko bilan ikkinchi o'rinni egalladi. Kuchli uchlikka Azamat Utegaliev yakun yasab berdi. Qozog'istonlik 6 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra uchinchi pog'onani band etdi. 

Xitoylik Ren Jie Huang, qozog'istonlik Rinat Jumaboev va hamyurtimiz Abdumalik Abdusalimov ham 6 ochko jamg'ardi. Ular qo'shimcha koeficentlarga ko'ra keyingi o'rinlarni bo'lishib olishdi. Ikkinchi o'rin egasi 50, uchinchi o'rin sohibi 25 million so'm mukofot puliga ham ega chiqdi.      

Poytaxtimizdagi "Renessans" kino uyida "Tashkent Chess 2024" - Toshkent shahar hokimi kubogi g'oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda Toshkent shahar hokimi SHavkat Umurzoqov so'zga chiqib, bunday musobaqalar shaxmat sportini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini takidladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing