15 mar 09:50
Yangiliklar
Tennis

Tashkent ITF Juniors. Bahodirova va Karimjonovada g'alaba
Poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabida o'smirlar o'rtasidagi xalqaro turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Tashkent ITF Juniors turnirining qizlar o'rtasidagi musobaqasida hamyurtlarimizdan Yasmina Karimjonova hamda Laylo Bahodirova zafar quchib, ikkinchi davraga yo'l oldi.
Karimjonova rossiyalik Aisha Kukushkinani 6:3, 6:3, Bahodirova esa yana bir rossiyalik tennischi Mariya Solnishkenoni 6:1, 6:1 hisobida taslim etishga muvaffaq bo'ldi.
Milana Maslenkova, Komola Umarova, Olesya Kim hamda Valentina SHleyn esa raqibalariga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan erta xayrlashishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar