18 mar 10:08
Yangiliklar
Tennis

Tashkent ITF Juniors. Karimjonova 1/2 finalga chiqa olmadi
Poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlari mezbonlik qilayotgan o'smirlar o'rtasidagi xalqaro turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Tashkent ITF Juniors turnirining qizlar o'rtasidagi musobaqasida hamyurtlarimizdan birgina Yasmina Karimjonova chorak finalga etib kelgan edi.
Turnirning ettinchi raketkasi bo'lgan Karimjonova yarim final chiptasi uchun kechgan bahsda ukrnainalik Darya Singurga 4:6, 3:6 hisobida yutqazib qo'ydi. Bugun Singur bosh mukofot uchun kortga chiqadi.
Malumot uchun, hamyurtlarimizdan Milana Maslenkova, Komola Umarova, Olesya Kim, Valentina SHleyn ilk bosqichda, Laylo Bahodirova ikkinchi davrada raqibalariga yutqazib qo'yishgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar