16 mar 17:40
Yangiliklar
Tennis

Tashkent ITF Juniors. Karimjonova 1/4 finalda, Bahodirova yutqazdi
Poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlari mezbonlik qilayotgan o'smirlar o'rtasidagi xalqaro turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirib boryapti.
Tashkent ITF Juniors turnirining qizlar o'rtasidagi musobaqasida hamyurtlarimizdan Yasmina Karimjonova hamda Laylo Bahodirova zafar quchib, ikkinchi davraga yo'l olishgan edi.
Ulardan biri chorak final chiptasini qo'lga kiritdi. Turnirning ettinchi raketkasi bo'lgan Karimjonova qozog'istonlik Danel Ashirovani 6:1, 6:2 hisobida taslim etdi.
Bahodirova esa turnirda to'rtinchi raqam ostida harakat qilayotgan bolgariyalik Gergana Topalovaga 3:6, 0:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Malumot uchun, hamyurtlarimizdan Milana Maslenkova, Komola Umarova, Olesya Kim hamda Valentina SHleyn ilk bosqichdayoq raqibalariga yutqazib qo'yishgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar