16 mar 16:30
Yangiliklar
Tennis

Tashkent ITF Juniors. Yakkalikda biznikilardan hech kim qolmadi
Poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabida o'smirlar o'rtasidagi xalqaro turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
O'z tarixida o'ttiz ettinchi marotaba o'tkazilayotgan Tashkent ITF Juniors turnirida o'ndan ziyod davlatdan istedodli o'smir hamda qiz tennischilar ishtirok etishyapti.
O'g'il bolalar o'rtasidagi musobaqaning yakkalik bahslarida ishtirokini boshlagan to'rt tennischimizdan hech biri chorak finalga chiqa olmadi.
Timur Sottimov, Azizxon Turg'unov va Olimjon Nabiev birinchi davradayoq raqiblariga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan erta xayrlashishgan edi.
So'nggi vakilimiz Odil Karimov esa ikkinchi davra uchrashuvida turnirning beshinchi raketkasi, belaruslik Aleksandr Zgirovskiga 3:6, 1:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar