01 okt 09:30
Yangiliklar
Tennis

Tashkent Open-2016. Bugun final uchrashuvi o'tkaziladi
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida davom etayotgan tennis bo'yicha ananaviy “Toshkent Open” turniri bugun o'z yakuniga etadi.
Sovrin jamg'armasi 250 ming dollarni tashkil qiluvchi ushbu turnir bu yil 18-marotaba o'tkazilmoqda. Bugun musobaqaning yakkalik bahslarida final uchrashuvi o'tkazilib, g'olib nomi malum bo'ladi.
Bosh mukofot uchun turnirning amaldagi g'olibasi yaponiyalik Nao Xibino chexiyalik Kristina Plishkovaga qarshi kortga chiqadi. Kecha yarim finalda Nao chexiyalik Denisa Allertovani 6:2, 6:3, Plishkova esa ukrainalik Katerina Kozlovani 7:6(2), 6:0 hisobida mag'lub etgan edi.
Tashkent Open-2016. Final (bugun)
Nao Xibino (4, Yaponiya, ) – Kristina Plishkova (CHexiya)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar