So’nggi yangiliklar

19:18Ўзбекистон Баскетбол федерацияси янги титул ҳомийга эга бўлди 0 18:40Полина Кудерметова камбэк қурбони бўлди 0 18:13АCА Лигаси кураш бўйича мусобақа ўтказиши мумкин 0 17:47ЕЧЛ. "Реал"нинг "Бенфика"га қарши қайдномаси эълон қилинди, унда Мбаппе йўқ 0 17:25Расман. Яна бир ҳамюртимиз Тошкентда Octagon League камари учун жанг қилади 0 16:50Фабиано Каруана: "Синдаровда "қотил инстинкти" бор" 0 16:23UFC Оқ уйдаги турнир учун қанча пул сарфлаши маълум бўлди 0 15:45ЖЧ-2026 можароси якунланяпти: Конго ДР ўрнига Нигерия ўйнайди 0 15:17Исроил Мадримов чемпионлик жанги тақдири нима бўлганини айтди 0 14:53Хоккей бўйича Ўзбекистон U18 терма жамоаси Гонконгда ўтадиган Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 14:26Роберт Уиттакер вазн тоифасини ўзгартириш ниятида 0 13:58ОФК клублар рейтингини янгилади. Ўзбекистон кучли ўнликда 0 13:36Ғиёсовнинг вазнидаги чемпион боксчиларни у билан жангдан қочаётганликда айблади 0 13:08Михаил Шайдоров Қозоғистонда кутиб олинди, унга ҳомийлар ҳам совға ажратишди 0 12:44Дана Уайт: "У нимани хоҳласа ҳам, биз у билан ҳамкорлик қилишга тайёрмиз" 0

26 sen 10:05
Yangiliklar

Tennis

Tashkent Open-2016. Bugun Kamola va Sabina kortga chiqadi

Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida tennis bo'yicha ananaviy “Toshkent Open” musobaqasining asosiy to'r bahslari start oladi.

Sovrin jamg'armasi 250 ming dollarni tashkil qiluvchi ushbu turnir bu yil 18-marotaba o'tkazilmoqda. Dunyoning yigirmaga yaqin davlati tennischilari ishtirok etayotgan musobaqada slovakiyalik Anna-Karolina SHmidlova birinchi raqam ostida tasniflangan. U dunyo reytingida 57-o'rinni egallab turibdi.

Yurtimiz mutaxassislarining joriy mavsumni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazayotgan Nigina Abduraimova va Sabina SHaripovadan umidlari katta. Bugun tennischilarimizning ishtirokini musobaqaga imtiyozli tarzda qo'yilgan Kamola Umarova boshlab beradi. U musobaqaning amaldagi g'olibasi yaponiyalik Nao Xibinoga qarshi kortga chiqadi.

SHuningdek, bugun yana bir hamyurtimiz o'zining ilk davradagi uchrashuvini o'tkazadi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova birinchi bosqichda shveycariyalik SHtefani Fogel bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi.

Malumot uchun, o'tgan yilgi turnirda yaponiyalik Nao Xibino bosh mukofotni qo'lga kiritgan edi. Kunchiqar yurt vakilasi hal qiluvchi final uchrashuvida xorvatiyalik Donna Vekichni ikki setda ham bir xil 6:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing