26 sen 14:30
Yangiliklar

Tashkent Open-2016. Kamola ham, Sabina ham mag'lubiyatga uchradi
Sovrin jamg'armasi 250 ming dollarni tashkil qiluvchi ushbu turnir bu yil 18-marotaba o'tkazilmoqda. Dunyoning yigirmaga yaqin davlati tennischilari ishtirok etayotgan musobaqada slovakiyalik Anna-Karolina SHmidlova birinchi raqam ostida tasniflangan. U dunyo reytingida 57-o'rinni egallab turibdi.
Afsuski, bugun asosiy to'rda kortga chiqqan har ikki tennischimiz ham mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Avvaliga musobaqaga imtiyozli tarzda qo'yilgan Kamola Umarova musobaqaning amaldagi g'olibasi yaponiyalik Nao Xibinoga 3:6, 1:6 hisobida yutqazdi.
Keyin esa mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova ham raqibasiga imkoniyatni boy berdi. Sabina ilk bosqichda shveycariyalik SHtefani Fogelga 5:7, 7:5, 5:7 hisobida mag'lub bo'ldi.
Fikrlar