27 sen 07:30
Yangiliklar
Tennis

Tashkent Open-2016. Umarova va Folc muxlislar safida
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida tennis bo'yicha ananaviy “Toshkent Open” musobaqasining asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 250 ming dollarni tashkil qiluvchi ushbu turnir bu yil 18-marotaba o'tkazilmoqda. Dunyoning yigirmaga yaqin davlati raketka ustalari ishtirok etayotgan musobaqada yurtimiz tennischilari ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishyapti.
Istedodli tennischilarimiz Arina Folc va Kamola Umarova juftliklar musobaqasining ilk davrasidayoq mag'lubiyatga uchrashdi. Bu ikki tennischimiz ukrainalik opa-singil raketka ustalari Nadya va Lyudmila Kichenokka 4:6, 0:6 hisobida yutqazib qo'yishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar