30 sen 13:58
Yangiliklar
Tennis

Tashkent Open-2017 turniri g'olibasi aniqlandi
Poytaxtimizda tennis bo'yicha ayollar o'rtasidagi WTA tasnifiga kiruvchi Tashkent Open musobaqasi yakuniga etib boryapti.
Sovrin jamg'armasi 250 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirga Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlari mezbonlik qilyapti. Hozirgina yakkalik bahslaridagi g'oliba nomi malum bo'ldi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida vengriyalik Timea Babosh hamda ukrainalik Katerina Bondarenko o'zaro to'qnash kelishdi. Bir soatu 26 daqiqa davom etgan bahsda Katerina 6:4, 6:4 hisobida g'alaba qozonib, bosh mukofot sohibasiga aylandi.
Ushbu muvaffaqiyatli ishtirok dunyoning 31 yoshli 133‑raketkasiga 43 000 dollar mukofot puli hamda 280 reyting ochkosini taqdim etdi. 24 yoshli Babosh WTA reytingida 52-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar