26 sen 14:23
Yangiliklar
Tennis
Tashkent Open 2019. Kalinskayaning yurishi to'xtadi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida WTA tasnifiga kiruvchi Tashkent Open 2019 turniri davom etmoqda.
Sayyoramizning 116-raketkasi bo'lib turgan Anna Kalinskaya chorak final uchrashuvida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Rossiyalik tennis malikasi bugun o'tkazilgan chorak final bahsida ukrainalik Katarina Zavackayaga 0/6, 2/6 hisobida yutqazib qo'ydi.
WTA reytingida 142-pog'onadan joy olgan 19 yoshli Zavackaya 56 daqiqa ichida 20 yoshli raqibasini taslim etgan. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlardagi hisob muvozanati tiklandi - 1:1.
Havola :
Fikrlar