So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

22 sen 19:41
Yangiliklar

Tennis

Tashkent Open. Asosiy to'rga qura tashlandi, Sabina va Niginaning raqibalari malum

Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizda tennis bo'yicha WTA tasnifiga kiruvchi nufuzli turnir start oldi.

Sovrin jamg'armasi 250 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqaga Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlari mezbonlik qilmoqda. Bundan bir necha daqiqa avval asosiy to'r bahslariga qura tashlandi. 

Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova ilk davrada rossiyalik Margarita Gasparyanga qarshi kortga chiqadi. Yana bir hamyurtimiz Nigina Abduraimova esa germaniyalik Mona Bartel sinovidan o'tadi. Nigina asosiy to'rda imtiyozli yo'llanma asosida ishtirok etadi.

Taqqoslash uchun, SHaripova dunyo reytingida 126, Gasparyan esa 354-o'rinni egallab turibdi. Abduraimova roppa-rosa 300-pog'onadan joy olgan, uning raqibasi esa 92-o'rinni band etgan. Turnirning birinchi raketkasi ruminiyalik Irina-Kameliya Begu ilk davrada ukrainalik Katerina Kozlova, ikkinchi raketka belaruslik Vera Lapko serbiyalik Boyana Yovanovskiga qarshi kortga chiqadi. 

Afsuski, bugun o'tkazilgan saralash bahslarida ikki tennischimiz mag'lubiyatga uchradi. WTA reytingida 628-o'rinni egallab turgan Oqgul Omonmurodova 184-pog'onadan joy olgan gollandiyalik Bibiana Sxofsga 5:7, 3:6, dunyo reytingida 1236-pog'onadan joy olgan Yasmina Karimjonova esa jahonning 133-raketkasi rossiyalik Anastasiya Potapovaga 3:6, 1:6 hisobida yutqazdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing