25 sen 08:16
Yangiliklar
![](/upload/storage/19740_220.jpg)
Tashkent Open. Bugun asosiy to'r bahslari boshlanadi
Sovrin jamg'armasi 250 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirga Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlari mezbonlik qilyapti. Asosiy to'r bahslarida uch nafar tennischimiz wild card, yani imtiyozli yo'llanma asosida ishtirok etadi.
Qura natijasiga ko'ra, Nigina Abduraimova yaponiyalik Kurumi Naraga, Oqgul Omonmurodova ukrainalik Katerina Kozlovaga, Sabina SHaripova esa shveycariyalik Stefani Fogelega qarshi kortga chiqadi.
Turnirning birinchi raqamli tennischisi sifatida chexiyalik Kristina Plishkova harakat qiladi. U ilk bosqichda Xitoy Taypeyi vakilasi Xsi Su Vey bilan to'qnash keladi. Ikkinchi raqam ostida tasniflangan vengriyalik Timea Babosh esa shveciyalik Yoxanna Larsson bilan hisob-kitob qiladi.
Fikrlar