23 sen 09:17
Yangiliklar
Tashkent Open. Bugun asosiy to'r bahslari start oladi. Biznikilardan Sabina boshlab beradi
Dunyo reytingida 53-o'rinni egallab turgan slovakiyalik Viktoriya Kuzmova Tashkent Open turnirining birinchi raqamli tennischisi sifatida saralangan. U ilk davrada amerikalik Francheska Di Lorencoga qarshi kortga chiqadi.
Asosiy to'r bahslarida o'zbekistonlik uch nafar tennischi imtiyozli yo'llanma asosida ishtirok etadi. Bugun birinchi raketkamiz Sabina SHaripova birinchi bosqichda chernogoriyalik Danka Kovinichga qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash uchun, Sabina WTA reytingida 299, Danka esa 120-pog'onadan joy olgan. Tennischilar o'zaro bir marotaba to'qnash kelishgan. 2018 yili Xitoydagi turnir doirasida o'tkazilgan o'sha uchrashuvda Kovinich g'alaba qozongan edi. SHaripova - Kovinich bahsi soat 11:30dan keyin boshlanadi.
Fikrlar