29 sen 08:48
Yangiliklar

Tashkent Open. Bugun chorak finalning so'nggi ikki bahsi davom ettiriladi
Sovrin jamg'armasi 250 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirga Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlari mezbonlik qilyapti. Kecha yomg'ir sabab chorak finalning ikkita uchrashuvi yakuniga etmay qoldi.
Bugun soat 10:00dan boshlab ana shu o'yinlar davom ettiriladi. Rossiyalik Vera Zvonareva serbiyalik Aleksandra Krunichga qarshi kortga chiqadi. Kecha bu tennischilar o'rtasidagi uchrashuv birinchi setning beshinchi geymidan so'ng yomg'ir sabab to'xtatildi. Bu paytga kelib Zvonareva 3:2 hisobida g'alaba qozonayotgandi.
Ikkinchi chorak final bahsi esa yaponiyalik Kurumi Nara hamda ukrainalik Katerina Bondarenko o'rtasida bo'lib o'tadi. SHuningdek, bugun yarim finalning dastlabki uchrashuvi ham o'tkaziladi. Unda vengriyalik Timea Babosh hamda belaruslik Arina Sobolenko o'zaro o'yinda final chiptasini hal qilishadi.
Fikrlar