25 sen 10:29
Yangiliklar
Tennis
Tashkent Open. Bugun Esheni Bushar juftlikda kortga chiqadi, sherigi Oqgul!
WTA tasnifiga kiruvchi Tashkent Open musobaqasi sekin-asta o'zining qizg'in pallasiga kirib boryapti.
Turnirda dunyoning sobiq beshinchi raketkasi Ejeni Bushar ham o'z mahoratini namoyish etyapti. Kanadalik maftunkor tennis malikasi kecha yakkalikning ilk bosqichida yaponiyalik Nao Xibinoga yutqazib qo'ygandi. Bugun 24 yoshli Ejeni juftliklar musobaqasida kortga chiqadi.
Etiborlisi, Bushar hamyurtimiz Oqgul Omonmurodova bilan juftlik hosil qilgan. Bugun soat 14:30da boshlanishi rejalashtirilgan uchrashuvda Oqgul va Ejeni rossiyalik Vera Zvonaryova hamda ukrainalik Katerina Kozlova hamkorligiga qarshi bahs olib borishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar