So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

18 mar 12:19
Yangiliklar

SHaxmat

Tashkent Open. Bugun Saidakbar chempionlik uchun dona suradi

Poytaxtimizda davom etayotgan shaxmat bo'yicha birinchi o'zbek grossmeysteri Georgiy Agzamov xotirasiga bag'ishlangan Toshkent Open xalqaro turniri o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.

Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar shaxmat maktabi mezbonlik qilayotgan musobaqada yurtimiz shaxmatchilaridan tashqari Rossiya, Braziliya, Belarus, Ozarbayjon, AQSH, Eron, Armaniston, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan sportchilar bosh mukofot uchun dona surishyapti. 

Toshkent Open turniri shveycarcha tizimda 9 turdan iborat bo'lib, bugun g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi. Bugun o'tkaziladigan so'nggi to'qqizinchi turda yosh shaxmatchimiz Saidakbar Saydaliev (2390) birinchi taxtada chempionlik uchun dona suradi. Hamyurtimiz oq donalarda o'zi singari 6,5 ochko jamg'arib turgan belaruslik grossmeyster Aleksey Fyodorov (2552)ga qarshi harakat qiladi. 

Aynan mana shu bahs katta ehtimol bilan Toshkent Open turniri g'olibini aniqlab beradi. Sovrinli o'rinlar uchun yana bir davogar hamyurtimiz SHamsiddin Vohidov bugun qora donalarda Valeriy Kazakovskiyga qarshi bahs olib boradi. Bu ikki shaxmatchi hisobida 6tadan ochko bor. 

Bugun o'tkaziladigan so'nggi 9-tur oldidan musobaqa jadvalida Aleksey Fyodorov va Saidakbar Saydaliev 6,5tadan ochko jamg'arib, qo'shhokimlik qilishyapti. 

Malumot uchun, ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan xalqaro turnirning mukofot jamg'armasi 20 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Asosiy guruhda birinchi o'rinni egallagan shaxmatchi 3 000 dollarga ega bo'ladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing