22 sen 08:39
Yangiliklar
Tashkent Open. Bugun saralash boshlanadi, Oqgul va Yasminaga muxlislik qilamiz
Sovrin jamg'armasi 250 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqaga Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlari mezbonlik qiladi. Turnirda yigirmadan ortiq davlatdan ko'zga ko'ringan tennis malikalari ishtirok etadi.
G'oliblik uchun davogarlar orasida franciyalik Polin Parmante (reytingda 71-o'rin), ruminiyalik Irina-Kameliya Begu (55), yaponiyalik Nao Xibina, rossiyaliklar Margarita Gasparyan (62), Evgeniya Rodina (79), Anna Blinkova (101), Natalya Vixlyanceva (104), Vitaliya Dyachenko (108), Vera Zvonaryova (132) kabi taniqli tennischilar bor.
Asosiy to'r bahslarida hamyurtlarimizdan Sabina SHaripova (126) va Nigina Abduraimova (300) yurtimiz sport sharafini himoya qiladi. Tajribali Oqgul Omonmurodova va istedodli Yasmina Karimjonova esa bugun start oladigan saralash tunirida o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishadi.
Qura natijasiga ko'ra, Omonmurodova bugun saralashning yarim finalida gollandiyalik Bibiana Sxofsga qarshi kortga chiqadi. Oqgul WTA reytingida 628, Bibiana esa 184-o'rinni egallab turibdi. Reytingda 1236-pog'onadan joy olgan Yasmina esa 133-raketka rossiyalik Anastasiya Potapova bilan to'qnash keladi.
Fikrlar