26 sen 08:07
Yangiliklar

Tashkent Open. Bugun so'nggi vakilamiz kortga chiqadi
Sovrin jamg'armasi 250 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirga Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlari mezbonlik qilyapti. Asosiy to'r bahslariga uch nafar tennischimiz wild card, yani imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgandi.
Kecha ulardan ikki nafari - Oqgul Omonmurodova ukrainalik Katerina Kozlovaga, Sabina SHaripova esa shveycariyalik Stefani Fogelega imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan erta xayrlashdi.
Bugun esa turnirdagi so'nggi vakilamiz o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi. Ikkinchi raketkamiz Nigina Abduraimova yaponiyalik Kurumi Naraga qarshi kortga chiqadi. Kecha Abduraimova Oqgul Omonmurodova bilan birgalikda juftlik bahslarida mag'lubiyatga uchragan edi.
Fikrlar