08 jan 10:36
Yangiliklar
Tennis
Tashkent Open g'olibasi homiladorligi sabab “Australian Open”da qatnashmaydi
Ukrainalik tennischi Katerina Bondarenko Avstraliya Ochiq chempionatida ishtirok etmaydi.
Bondarenko ikkinchi bor farzand kutmoqda. Tennischi 2013 yilning may oyida qiz farzandli bo'lgan va turmush o'rtog'i Denis bilan birga yangi mehmonga Karina deb ism qo'yishgandi.
2017 yili Toshkent Ope turniri g'olibasiga aylangan Katerina Bondarenko so'nggi bor o'tgan yilning avgust oyi oxirlarida kortga chiqqan edi. 32 yoshli tennischining jovonida Toshkent Open turniri bosh sovrinidan tashqari Birmingem (2008) musobaqasi chempionligi ham bor. 2008 yilda Katerina singlisi Alyona bilan birga Avstraliya Ochiq chempionatining juftlik musobaqasida chempion bo'lgan edi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar