03 iyu 18:54
Yangiliklar
Dzyudo
"Tashkent Open Judo Kids Cup IV" musobaqasi boshlandi
Poytaxtimizdagi "Humo arena" majmuasida dzyudo bo'yicha "Tashkent Open Judo Kids Cup IV" xalqaro musobaqasi boshlandi.
Turnirda Braziliya, Ispaniya, Rossiya, Qatar, Sadiya Arabistoni, Gruziya, Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iz Respublikasi kabi mamlakatlardan kelgan 3000 nafardan ziyod bolalar turli vazn va yosh toifalarida g'oliblik uchun bahs olib borishadi.
Musobaqa jarayonini O'zbekiston MOQ va mamlakat dzyudo federaciyasi rahbariyati ham kuzatib bordi. “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan tashkil etilayotgan musobaqa 4 iyunga qadar davom etadi.










Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar