So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

14 mar 10:29
Yangiliklar

SHaxmat

Tashkent Open. Nodirbek va SHamsiddin peshqadamlar safida!

Poytaxtimizda shaxmat bo'yicha birinchi o'zbek grossmeysteri Georgiy Agzamov xotirasiga bag'ishlangan Toshkent Open xalqaro turniri davom etmoqda.

Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar shaxmat maktabi mezbonlik qilayotgan musobaqada yurtimiz shaxmatchilaridan tashqari Rossiya, Braziliya, Belarus, Ozarbayjon, AQSH, Eron, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan sportchilar bosh mukofot uchun dona surishyapti. 

Toshkent Open turniri shveycarcha tizimda 9 turdan iborat bo'lib, kecha ikkita tur uchrashuvlari o'tkazildi. Xalqaro master Nodirbek Yoqubboev (2569) oq donalarda terma jamoa murabbiyi Akmal Fayzullaevni mag'lubiyatga uchratdi. Uchinchi turda qora donalarda harakat qilib, rossiyalik xalqaro grossmeyster Sergey Ivanov bilan murosaga keldi. 

Yana bir istedodli shaxmatchimiz SHamsiddin Vohidov ham mag'lubiyatsiz odimlayapti. U 3ta uchrashuvda ikki g'alaba va bir durang qayd etdi. U uchinchi partiyada belaruslik xalqaro grossmeyster Aleksey Fyodorov bilan murosaga keldi. Ikkinchi turda Sarvinoz Qurbonboevani taslim etgan edi. 

Bugun o'tkazilayotgan 4-tur oldidan musobaqa jadvalida eronlik xalqaro grossmeyster Amirrizo Pourramezanali va braziliyalik Aleksandr Fier 3tadan ochko jamg'arib peshqadamlik qilishyapti. Nodirbek Yoqubboev 2,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 3-o'rinni band etgan. SHuncha ochkoga ega SHamsiddin Vohidov 7-pog'onadan joy olgan. 

Malumot uchun, ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan xalqaro turnirning mukofot jamg'armasi 20 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Asosiy guruhda birinchi o'rinni egallagan shaxmatchi 3 000 dollarga ega bo'ladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing