22 sen 13:51
Yangiliklar
Tashkent Open. Omonmurodova ham ilk davrada yutqazdi
Sovrin jamg'armasi 250 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqaga Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlari mezbonlik qilmoqda. Bugun va ertaga turnirning saralash bahslari o'tkaziladi.
Hozirgina tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova saralashning yarim finalida kortga chiqdi. WTA reytingida 628-o'rinni egallab turgan vakilamiz 184-pog'onadan joy olgan Bibiana Sxofsga 5:7, 3:6 hisobida yutqazib qo'ydi. Biroz avval dunyo reytingida 1236-pog'onadan joy olib turgan Yasmina Karimjonova ham jahonning 133-raketkasi rossiyalik Anastasiya Potapovaga 3:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
SHu tariqa, asosiy to'rda hamyurtlarimizdan Sabina SHaripova (126) va Nigina Abduraimova (300) yurtimiz sport sharafini himoya qiladi.
Fikrlar