28 sen 15:35
Yangiliklar
Tennis
"Tashkent Open" turnirining so'nggi sovrini belgiyalik tennischiga nasib qildi
Poytaxtimizda tennis bo'yicha ayollar o'rtasida mukofot jamg'armasi 250 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqa yakunlandi.
Bugun turnirning hal qiluvchi o'yinida ruminiyalik Sorana Kirsti hamda belgiyalik Alison van Uytvank to'qnash keldi. 2 soat 25 daqiqa davom etgan o'yinda van Uytvank 6:2, 4:6, 6:4 hisoblarida g'alaba qozondi va musobaqa g'olibasiga aylandi.
Malumot uchun, belgiyalik tennischi ayni paytda jahon reytingida 61-o'rinni egallab turibdi. Sorana Kirsti esa 96-o'rindan joy olgan.
Ushbu g'alaba orqali tennischi 43 000 AQSH dollari va 280 reyting ochkosini ishlab oldi.
Qayd etish lozimki, bunday saviyadagi ushbu yirik turnir Toshkentda so'nggi marotaba o'tkazildi. Avvalroq, moliyaviy muammolar sabab Toshkent ochiq chempionati so'nggi marotaba o'tkazilishi malum qilingandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar