13 mar 09:18
Yangiliklar

Tashkent Open xalqaro turnirida 1-tur ortda qoldi FOTOGALEREYA
Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar shaxmat maktabi mezbonlik qilayotgan musobaqada yurtimiz shaxmatchilaridan tashqari Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, AQSH, Eron, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan yuqori intellekt sohiblari bosh mukofot uchun dona surishyapti.
Toshkent Open turniri shveycarcha tizimda 9 turdan iborat bo'lib, kecha 1-partiya uchrashuvlari o'tkazildi. Xalqaro master Nodirbek Yoqubboev (2569) ilk partiyada qora donalarda harakat qilib, yana bir hamyurtimiz Nodira Nodirjonovani mag'lubiyatga uchratdi.
SHamsiddin Vohidov oq donalarda SHoxamir Tojiboevdan ustun keldi. Sevara Boymuratova eronlik Amirrizo Pourramezenaliga yutqazib qo'ydi. Bahora Abdusattorova xalqaro grossmeyster Vasiliy Papin bilan durang o'ynadi.
Hozirgina xalqao musobaqaning 2-turi boshlandi. Turnirning 3-partiyasi esa kunning ikkinchi yarmida, soat 15:30 da boshlanadi. Musobaqaning mukofot jamg'armasi 20 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Asosiy guruhda birinchi o'rinni egallagan shaxmatchi 3 000 dollarga ega bo'ladi.
Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov
Fikrlar