So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

28 apr 09:07
Yangiliklar

SHaxmat

Tashkent Open XII. 17 yoshli Nig'matov shov-shuvli tarzda birinchi raqamli grossmeysterni engdi

Poytaxtimizda shaxmat bo'yicha O'zbekistonning birinchi grossmeysteri Georgiy Agzamov xotirasiga bag'ishlangan “Tashkent Open XII” xalqaro turniri davom etmoqda.

Musobaqada 12 mamlakatdan kelgan shaxmatchilar g'oliblik yo'lida o'zaro raqobatlashishyapti. O'z tarixida o'n ikkinchi bor o'tkazilayotgan xalqaro turnirning sovrin jamg'armasi 20 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. G'olib shaxmatchi 3 000 dollarga ega bo'ladi. 

Belaruslik xalqaro grossmeyster Kiril Stupak (2556) turnirning birinchi raqamli shaxmatchisi hisoblanadi. Kecha u beshinchi turda o'zi singari 4ta partiyaning barchasida g'alabaga erishgan yosh shaxmatchimiz Ortiq Nig'matovga qarshi dona surdi. 

Nig'matov kuchli raqibiga qarshi qora donalarda o'ynashiga qaramay, g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi. Stupak o'tgan yilgi turnirda ikkinchi o'rinni egallagan edi. Bu o'ziga xos tarixiy g'alabadan so'ng Ortiq Nig'matov 5 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib oldi. 

Xalqaro master Nodirbek Yoqubboev ham bu turda g'alabaga erishdi. Yosh shaxmatchimiz rossiyalik Ilya Dujakovdan ustun keldi. Yoqubboev ushbu g'alabasi evaziga turnir jadvalida 4,5 ochko bilan ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Yana bir hamyurtimiz Saidakbar Sayidaliev qora donalarda o'ynab, rossiyalik xalqaro grossmeyster Evgeniy Levin bilan murosaga keldi. 

Bugun oltinchi turda Nig'matov va Yoqubboev o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi. To'rt ochkoga ega bo'lib turgan Gulruhbegim Tohirjonova oq donalarda Kiril Stupakka qarshi dona suradi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing