So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

29 apr 10:33
Yangiliklar

SHaxmat

Tashkent Open XII. Nig'matov bir durang va mag'lubiyat qayd etdi

Poytaxtimizda shaxmat bo'yicha O'zbekistonning birinchi grossmeysteri Georgiy Agzamov xotirasiga bag'ishlangan “Tashkent Open XII” xalqaro turniri davom etmoqda.

Musobaqada 12 mamlakatdan kelgan shaxmatchilar g'oliblik yo'lida o'zaro raqobatlashishyapti. O'z tarixida o'n ikkinchi bor o'tkazilayotgan xalqaro turnirning sovrin jamg'armasi 20 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. G'olib shaxmatchi 3 000 dollarga ega bo'ladi. 

Belaruslik xalqaro grossmeyster Kiril Stupak (2556) turnirning birinchi raqamli shaxmatchisi hisoblanadi. Kecha u kunning ikkinchi yarmida o'tkazilgan ettinchi turda yosh hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboevni mag'lubiyatga uchratdi va qo'shimcha ko'rsatkichlarga kshra 6 ochko bilan peshqadam bo'lib oldi.

Beshinchi turda aynan Stupakni taslim etib, birinchi o'ringa ko'tarilib olgan yosh shaxmatchimiz Ortiq Nig'matov esa ketma-ket ikkita turda ochko yo'qotdi va to'rtinchi o'ringa pastladi. U kecha qora donalar harakat qilib, rossiyalik xalqaro grossmeyster Vasiliy Papin bilan murosaga keldi. 

Yana bir hamyurtimiz Saidakbar Sayidaliev qora donalarda o'ynab, ispaniyalik xalqaro grossmeyster Oleg Korneev bilan durangga erishdi. Bugun sakkizinchi turda Nig'matov rossiyalik xalqaro grossmeyster Evgeniy Levinga qarshi oq donalarda harakat qiladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing