So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

27 apr 09:55
Yangiliklar

SHaxmat

“Tashkent Open XII”. Nig'matov mag'lubiyatsiz odimlamoqda, 4-turda u grossmeysterni engdi

Poytaxtimizda shaxmat bo'yicha O'zbekistonning birinchi grossmeysteri Georgiy Agzamov xotirasiga bag'ishlangan “Tashkent Open XII” xalqaro turniri davom etmoqda.

Musobaqada 12 mamlakatdan kelgan shaxmatchilar g'oliblik yo'lida o'zaro raqobatlashishyapti. O'z tarixida o'n ikkinchi bor o'tkazilayotgan xalqaro turnirning sovrin jamg'armasi 20 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. G'olib shaxmatchi 3 000 dollarga ega bo'ladi. 

Belaruslik xalqaro grossmeyster Kiril Stupak (2556) turnirning birinchi raqamli shaxmatchisi hisoblanadi. Kecha to'rtinchi tur uchrashuvlari o'tkazildi. O'tgan yilgi turnirda ikkinchi o'rinni egallagan Stupak 4-turda o'zi singari 3 ochkoga ega bo'lib turgan hamyurtimiz Saidakbar Sayidalievni mag'lubiyatga uchratdi. 

Mag'lubiyatsiz odimlayotgan yosh shaxmatchimiz Ortiq Nig'matov ketma-ket to'rtinchi g'alabasiga erishdi. Bu safar u xalqaro grossmeyster musobaqaning to'rtinchi tartib raqamli shaxmatchisi Jahongir Vohidov (2546)dan ustun keldi. 

Yana bir yosh shaxmatchimiz Nikita Xoroshev oq donalarda hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboev bilan murosaga keldi. Turnir jadvalida Stupak va Nig'matov 4tadan ochko jamg'arib, qo'shhokimlik qilishyapti. Bugun 5-turda aynan ikki peshqadam o'zaro to'qnash keladi. Hamyurtlarimizdan Nikita Xoroshev va Nodirbek Yoqubboevda 3,5tadan ochko bor. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing